Oʻzbekiston elchixonasi Isroilda boʻlib turgan fuqarolarni ogohlantirdi

Eslatib oʻtamiz,  soʻnggi voqealar fonida Eron va Isroil qarama-qarshiligi kuchaymoqda. 

Siyosat
12-aprel, 15:10
Oʻzbekiston elchixonasi Isroilda boʻlib turgan fuqarolarni ogohlantirdi

Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi murojaat bilan chiqdi. Unda fuqarolar ogohlikka chaqirilgan

"Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi mintaqadagi vaziyat tufayli Isroil hududida boʻlib turgan fuqarolardan ehtiyotkorlik va xavfsizlik chora-tadbirlarini koʻrish hamda doimiy ravishda hushyorlik zarurligini eslatadi.

Ushbu ziddiyatli kunlarda shaxsiy xavfsizlikka tahdid solishi mumkin boʻlgan holatlarni oldini olish uchun zaruratsiz yashab turgan joyingizni tark etmaslikni tavsiya qilamiz",  deyiladi xabarda. 

Eslatib oʻtamiz,  2023 yil 7 oktabrdan buyon Isroil armiyasi Gʻazoda urush olib bormoqda.  Oqibatda 30 mingdan oshiq falastinlik qurbon boʻldi. 

1 aprel sanasida Isroil Eronning Suriyadagi konsulligida zarba berdi,  oqibatda generallar va ofitserlar halok boʻldi. Eron Isroilga javob berishini maʼlum qildi. 

Oʻz navbatida Isroil Eron hujum qiladigan boʻlsa,  mamlakatning yadro obʼektlarini nishonga olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+