platina.uz

Piskent tumaniga hokim vazifasini bajaruvchi tayinlandi

Avvalgi hokim Nodirbek Yakubov oʻz arizasiga koʻra ishdan ketgan. 

Jamiyat
11-aprel 2024 yil
Piskent tumaniga hokim vazifasini bajaruvchi tayinlandi

Aripov Muzaffar Akbarovich - Piskent tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.

Muzaffar Aripov 1985 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2010 yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2020 yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Piskent tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Nodirbek Yakubov oʻz arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+