DXX 42 mlrd. soʻmlik loyihani vaʼda qilgan shaxslarni qoʻlga oldi

Andijonda yoʻl qurilishi boʻyicha yirik loyihani olib bermoqchi boʻlganlar pora bilan ushlandi. 

Jamiyat
11-aprel, 10:21
DXX 42 mlrd. soʻmlik loyihani vaʼda qilgan shaxslarni qoʻlga oldi

Andijonda qiymati 42 mlrd soʻmlik loyihani olib bermoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi. 

Andijon tumanida yashovchi, 1966 y.t. A.B. va Andijon shahrida istiqomat qiluvchi, 1971 y.t. X.U. oʻzaro til biriktirib, yoʻl qurilishi sohasida faoliyat yurituvchi MChJ rahbarining ishonchiga kirishadi.

Ular yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, MChJga Asaka tumanidagi "4R-112" avtomobil yoʻlining 4 km. qismiga asfaltobeton qoplamasini yotqizish boʻyicha loyihani olib berish evaziga, loyiha uchun ajratiladigan 42 mlrd. soʻmning 10 foizini (4,2 mlrd. soʻm) berishini talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan Andijon shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda A.B. soʻralgan pul mablagʻi hisobidan 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+