Shavkat Mirziyoyevga dunyo yetakchilaridan tabriklar kelmoqda

Xorijiy davlat yetakchilari Oʻzbekiston prezidenti va xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi. Prezident shuningdek, Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdoʻgʻon bilan telefon muloqoti oʻtkazdi. 

Siyosat
10-aprel, 7:55
Shavkat Mirziyoyevga dunyo yetakchilaridan tabriklar kelmoqda

Muqaddas Ramazon oyi va muborak Ramazon hayiti munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblaridan tabriknomalar kelmoqda.

Qutlovlarda xorijiy hamkorlar Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etib, oʻzaro manfaatli hamkorlikni bundan buyon ham har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlashga intilishini bildirmoqda.

Jumladan, quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;

Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;

Qozogʻiston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon;

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy;

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri oʻrinbosari, Prezident ishlari boʻyicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid ol Nahayon;

Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy;

Qatar Davlati Amiri oʻrinbosari Shayx Abdulloh bin Hamad Ol Soniy;

Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mishʼal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;

Marokash Podshohi Muhammad VI;

Bahrayn Podshohi Shayx Hamad bin Iso Al Xalifa;

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;

Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Al Said;

Suriya Arab Respublikasi Prezidenti Bashar Asad;

Iroq Respublikasi Prezidenti Abdullatif Jamol Rashid;

Bruney Dorussalom Davlati Sultoni Hassanal Bolkiyax;

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;

Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy;

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.

Shuningdek, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon 9 aprel kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda butun musulmon ummati uchun muqaddas Ramazon hayiti bilan bir-birini samimiy tabrikladilar.

Davlat rahbarlari qardosh Oʻzbekiston va Turkiya xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ham koʻrib chiqildi.

Ikki tomonlama oʻzaro manfaatli hamkorlik jadal tus olgani, faol siyosiy muloqot olib borilayotgani, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalaridagi aloqalar surʼati oshib borayotgani, samarali madaniy-gumanitar almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ikki mamlakat yetakchi korxona va kompaniyalarining kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, hududlar darajasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Boʻlajak tadbirlar rejasi, shu jumladan oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yigʻilishini oʻtkazish masalasi koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston va Turkiya yetakchilari mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+