Isroil Erondagi yadro obʼektlariga zarba bermoqchi
1 aprel kuni Isroilning Eron konsulligiga hujumidan keyin ikki davlat oʻrtasidagi vaziyat keskin taranglashdi.

Isroil Erondagi yadro obʼektlariga zarba berish haqidagi rejalar maʼlum boʻldi. Bu haqda gʻarblik maxsus xizmatlarga asoslanib, The Sun xabar bermoqda.
Agar Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi generallarini yoʻq qilishga olib kelgan kosullikka hujum uchun qasos olishga qaror qilsa, Isroil Eron yadro inshootlariga zarba beradi. Bu haqda Gʻarb xizmatlari vakiliga tayanib The Sun xabar berdi.
"Isroil har qanday hujumga Eronning yadroviy inshootlariga toʻgʻridan-toʻgʻri zarba berish bilan javob beradi", — deyiladi nashrga anonimlik sharti bilan.
Elaph News ham Isroilning Eronga qarshi hujumlarga yashirincha tayyorgarligi haqida xabar berdi."Soʻnggi kunlarda Isroil oʻz harbiy-havo kuchlarini Eron yadroviy loyihasiga tegishli boʻlishi mumkin boʻlgan Erondagi nozik nishonlarga zarba berish uchun turli turdagi qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda yashirin ravishda oʻrgatmoqda", — deb yozadi nashr Gʻarb rasmiylariga asoslanib.
Eslatib oʻtamiz, 1 aprel kuni Isroil Eronning Suriyadagi konsulligiga zarba berdi. Oqibatda ikkita general va beshta ofitser halok boʻldi. Shundan soʻng, Eron Isroilga javob berishi haqida maʼlumotlar paydo boʻldi.