Turkiyada muxolifat saylovlarda gʻalaba qozondi
Turkiyada munitsipial saylovlar boʻlib oʻtdi. Unda prezident Erdoʻgʻon partiyasi soʻnggi 20 yilda ilk bor magʻlub boʻldi.

31 mart kuni Turkiyaning muxolifatdagi Respublika Xalq partiyasi soʻnggi 20 yil ichida ilk bor hukmron "Adolat va tarqqiyot" partiyasini magʻlub etdi.
Turkiyaning barcha 81 viloyatida munitsipal saylovlar boʻlib oʻtdi. Saylovda mamlakatning 18 yoshdan oshgan barcha fuqarolari qatnashishi mumkin edi. Bu jami 61,4 million kishini qamrab oladi.
Ovoz berish natijalari eʼlon qilingach, Erdoʻgʻan Anqarada oʻz tarafdorlariga murojaat qildi. "Afsuski, biz munitsipal saylovlarda biz xohlagan va kutgan natijaga erisha olmadik. Saylov natijalari Turkiyadagi demokratiya tantanasidir" dedi Turkiya rahbari.
"Anadolu ajansi" gazetasining yozishicha, protokollarning 93 foizi sanab chiqqach, munitsipal saylovlarda Respublika Xalq partiyasi 37,4 foiz, hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi esa 35,7 foiz ovoz olgan. Uch yirik shahar – Anqara, Istanbul va Izmirning muxolifatdagi merlari saylovlardan keyin oʻz oʻrinlarini saqlab qoladilar.
Eslatib oʻtamiz, Respublika Xalq partiyasi zamonaviy Turkiya asoschisi Mustafo Kamol Otaturk partiyasi sanaladi. 2023 yilgi saylovlarda ushbu partiyadan boʻlgan Kamol Qilichdoroʻgʻli amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻonga ikkinchi turda kichik farq bilan imkoniyatni boy bergandi.