Solixon domla qamaldi va jarimaga tortildi

30 mart kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Sergeli tumani sudida hukm oʻqilgan.

Jamiyat
1-aprel, 15:28
Solixon domla qamaldi va jarimaga tortildi

Tarmoqda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Mahkamovich Ortiqxoʻjayev 15 sutkaga qamaldi. Bu boʻyicha sud hukmi Platina.uzda mavjud. 

Sud hukmida, Solixon Ortiqxoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan, deb topilgan. 

Hukm tafsilotlariga koʻra, Solixon Ortiqhoʻjayev, jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, 2024 yil 30 mart kuni Sergeli tumani IIO FMB xodimlari va DXX xodimlari tomonidan jinoyatda gumon qilinib, qidiruvda boʻlgan fuqaro boʻyicha qidiruv ishlari olib borish davomida, tintuv oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorga asosan uning yashash uyiga borganlarida, xodimlarga nisbatan nosamimiy munosabatda boʻlib, baqir chaqir qilgan. U baland ovozda “terrorchi emasman, siyosatga qarshi emasman, jinoyatchi emasman” deb shovqin qilib, shu yerdan oʻtib ketayotgan fuqoralarning tinchiligini buzganligini hamda IIO xodimlari tomonidan oʻziga tegishli boʻlgan telefon aparatini taqdim qilish soʻralganida, ularga telefon aparatini taqdim etmasdan, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganligi aniqlangan.

Sud majlisida S.Ortiqxoʻjayev, huquqbuzarlik harakatiga qisman iqrorlik bildirib, haqiqatdan ham, 2024 yil 30 mart kuni oʻz yashash xonadoniga huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar kelganligini, tintuv boʻyicha xujjatlari borligini aytib uyiga kirishganligini, IIO xodimlari uning qoʻl telefonini soʻrashganlarida ularga, qarshilik koʻrsatib, telefon apparati yoʻqligini aytib, telefon apparatini taqdim etmaganligini, lekin baqir-chaqir qilmaganligini aytib suddan unga nisbatan yengillik berishni soʻragan, deyiladi sud hujjatida.

Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 34-moddasi tartibida Solixon Ortiqxoʻjayevga uzil-kesil 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

Jazoni oʻtash muddati 2024 yil 30 mart kuni soat 15:30dan boshlab hisoblanadi. 

Solixon domla 2022 yilning yanvar oyida Solixon domlaning internet tarmoqlaridagi keskin chiqishlari fuqarolar, ayniqsa, Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchilarning eʼtirozlariga sabab boʻlgani ortidan u Toshkent viloyati Zangiota tumani “Fath” jome masjidida imom noibi vazifasidan boʻshatilgandi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+