Putinning kursdoshi Rossiya Oliy sudiga rahbar boʻladi

Avval bu lavozimni Vyacheslav Lebedev 1991 yildan 2024 yil fevraligacha (vafotiga qadar) egallab kelgandi. 

Jahon
1-aprel, 12:25
Putinning kursdoshi Rossiya Oliy sudiga rahbar boʻladi

Rossiya Oliy sudi rahbari lavozimiga Putin bilan birga oʻqigan sudya tavsiya etildi. 

Mamlakat Sudyalar oliy malaka hayʼati Irina Podnosovani Rossiya Oliy sudi raisi lavozimiga tavsiya qildi, deb xabar bermoqda Rossiya OAVlari.

Avval ham OAV uni avvalgi rahbar Vyacheslav Lebedev oʻrniga asosiy nomzod deb atagan edi. Vyacheslav Lebedev Oliy sud rahbari lavozimini 1991 yildan toki oʻlimiga qadar egallab keldi. U 23 fevral kuni vafot etdi.

Podnosova Putin bilan birga oʻqigan va Lebedevning iqtisodiy nizolar boʻyicha sud kollegiyasi rahbari lavozimida oʻrinbosari boʻlgan.

"Vedomosti" nashri suhbatdoshi Podnosovaning kutilayotgan tayinlanishini "eng mantiqiy ssenariy" deb atadi. 

Irina Podnosova 1953 yilda Pskovda tugʻilgan, Leningrad davlat universitetining yuridik fakultetida amaldagi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bir vaqtda taʼlim olgan, ikkalasi ham 1975 yilda universitetni tamomlagan.

Oʻqishni tugatgandan soʻng, Podnosova oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishladi va mehnat faoliyatini Leningrad viloyati ijroiya qoʻmitasida boshladi. Shundan soʻng u Saratov viloyatida ishladi - avval Volskiy qurilish mahsulotlari zavodida yurist, keyin Volskiy shahar savdosida yurist boʻlib ishladi. 1990 yilda u Leningrad viloyatiga ishga qaytdi va u yerda 2003 yilda Luga shahar sudi raisi boʻldi.2013 yilda u Leningrad viloyat sudi raisining oʻrinbosari, 2017 sud raisi, 2018 yilda esa Ikkinchi apellyatsiya sudi boshligʻi etib tayinlangan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+