Qator davlatlar Rossiyadagi ehtimoliy teraktlardan ogohlantirmoqda
AQSh va Yevropa davlatlari, shuningdek Janubiy Koreya oʻz fuqarolariga Rossiyaga borishdan tiyilishga chaqirdi.

Janubiy Koreya, Chexiya, Kanada va Shvetsiya Rossiyada teraktlar sodir etilishi xavfidan ogohlantirmoqda. “Kommersant” ushbu mamlakatlardan kelgan xabarlarga eʼtibor qaratdi.
Bu mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalari va hukumatlari ham biroz avval Amerika elchixonasi tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlarga oʻxshash bayonotlar berishdi.
Bungacha Latviya Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarni Rossiyaga sayohat qilishdan tiyilishga, Moskvadagilarni esa yaqin 48 soat ichida teraktlar xavfi tufayli ommaviy tadbirlardan qochishga chaqirgan edi.
Shunga oʻxshash ogohlantirishlar avvalroq AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya tomonidan ham eʼlon qilingan. AQSh diplomatik missiyasining press-relizida aytilishicha, Moskvada 48 soat ichida teraktlar sodir etilishi mumkin.
Rossiya tomoni bu xabarlarga hozircha rasman izoh bermadi.