"Mikrokreditbank" parrandachilikni rivojlantirishga hissa qoʻshmoqda
Toshkentdagi Ramada mehmonxonasida 5-6-mart kunlari “Oʻzbekistonda parrandachilikning zamonaviy muammolari II” nomli xalqaro seminar boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekistonda parrandachilik boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar salmogʻi kengayib, soha rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Ayniqsa, parrandachilikni tashkil qilishdan tashqari, soha bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlar uchun imtiyozli kreditlar, parrandalar uchun zarur dori vositalariga foydali kreditlar ajratilmoqda. "Mikrokreditbank" parrandachilikni rivojlantirish uchun salmoqli hissa qoʻshmoqda.
Jumladan, Toshkentdagi Ramada mehmonxonasida 5-6-mart kunlari “Oʻzbekistonda parrandachilikning zamonaviy muammolari II” nomli xalqaro seminar boʻlib oʻtdi.
Unda yurtimizdagi parrandachilik bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarga xorijlik ekspertlar tomonidan foydali maʼlumotlar, parrandachilikdagi muammolarga yechimlar boʻyicha maʼruzalar qilindi.
Shuningdek, seminar qatnashchilari parrandachilikdagi zamonaviy kasalliklarga qarshi kurashish, uning oldini olish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishdi.
2 kunlik seminarda dunyo parrandachiligida yetakchi mutaxassislar deya eʼtirof etilgan Nurzhan Berdenov “Parrandachilikdagi global tendensiyalar”, Mohamed Ali “Emlash texnologiyalari va xizmatlari”, Hosameldin Abdelhafez “Past patogenli parranda grippi H9H2” haqidagi juda qimmatli maʼlumotlarini taqdim etishdi.
Taʼkidlash kerakki, soʻnggi uch yilda "Mikrokreditbank" tomonidan 263 ta parrandachilik loyihalariga jami 750 mlrd. soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratilgan. Natijada, parrandachilik xoʻjaliklarida yiliga 694 mln.dona tuxum, 48,8 ming tonna parranda goʻshti va 272 ming tonna parrandalar uchun ozuqa ishlab chiqarish quvvatlari yaratilib, ularning parranda boqish quvvatlari 38 foizdan 82 foizga yetkazilgan.
Reklama huquqi asosida