Oʻzbekiston 2 ta davlat bilan diplomatik munosabat oʻrnatdi
Shu tariqa diplomatik aloqalar oʻrnatgan davlatlar soni 147 ga yetdi.
Siyosat
7-mart 2024 yil

Oʻzbekiston 2 ta davlat – Lixtenshteyn va Beliz oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida qoʻshma kommyunike imzolandi.
Har ikkala hujjat ham AQShning Nyu-York shahrida qabul qilindi. Hujjat Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulugʻbek Lapasov imzoladi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan idoralari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirdilar. Ikki tomonlama hamkorlikning oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarini aniqlash uchun oʻzaro aloqalarni faollashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Oʻzbekiston bilan diplomatik aloqalar oʻrnatgan davlatlar soni 147 ga yetdi.