Metan zapravkalari bugundan qayta ochilmoqda
Bunga tabiiy gaz bosimining meʼyoriy sxemaga qaytgani sabab sifatida koʻrsatilgan.
Jamiyat
7-mart 2024 yil

Oʻzbekistondagi barcha metan zapravkalar qaytadan ochilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tabiiy gaz bosimining meʼyoriy sxemaga qaytgani munosabati bilan bugundan eʼtiboran mamlakatimizdagi barcha avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari ochiladi, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, fevral oyining oxirgi oʻn kunligida ob-havo haroratining keskin pasayishi fonida metan zapravkalari faoliyatiga cheklovlar kiritilgandi.
Avvalroq, 18 fevral kuni ob-havoning keskin sovishi oqibatida zapravkalarga cheklov joriy etilgandi.