Xorazmdagi muammolar oʻrganilmoqda

Prezident raisligida Xorazmda oʻtkazilgan uchrashuvda berilgan topshiriqlaryuzasidan ishchi guruhi vakillari Shovot tumanida ish olib bordi. 

Jamiyat
5-mart, 14:25
Xorazmdagi muammolar oʻrganilmoqda

Joriy yilning 1 mart kuni Prezident raisligida oʻtkazilgan Xorazm viloyatidagi faollar bilan uchrashuvida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Respublika ishchi guruhi vakillari Shovot tumanida oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.

Oʻzbekiston Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari – Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Ulugʻbek Muhammadiyev boshchiligidagi ishchi guruh tumanda ijtimoiy soha obʼektlari, mahallalarning ijtimoiy infratuzilmasi holati, yoshlar orasida tadbirkorlikni rivojlantirish kabi qator masalalar boʻyicha oʻrganishlar olib bormoqda.

Xususan, Shovot tumani tadbirkorlari uchun Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, banklarlar hamda sektor rahbarlari, tegishli korxona va tashkilot vakillari ishtirokida uchrashuv va sayyor qabul tashkil etildi.

Ochiq muloqotni oʻtkazishdan maqsad tadbirkorlik subʼektlarini qiynayotgan masalalarni, ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan takliflarni muhokama qilish hamda amaliy koʻmak koʻrsatishdan iborat boʻldi.

Ikki yuzga yaqin tadbirkor ishtirok etgan ushbu uchrashuv chogʻida tadbirkorlar oʻzlarini qiziqtirgan muammo va takliflarni ilgari surishdi. Xususan, kredit, soliq, kadastr, qurilish, ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi kabi sohalarga oid masalalar koʻtarildi.

Tadbir doirasida kelib tushgan murojaatlar asosida tumanning “Oq oltin” mahallasida ish yuritayotgan tikuv sexi, “Katqalʼa” mahallasidagi mebelchilik korxonasi faoliyati bilan tanishildi va ularning muammolarini bartaraf etishda yaqindan koʻmak koʻrsatildi.

Bundan tashqari, tumanidagi “Poʻlat” mahallasida istiqomat qiluvchi ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash, oilalarga qoʻshimcha daromad manbalarini yaratish maqsadida 20 sotixdan ekin yer maydonlari ajratilib berildi.

Respublika ishchi guruhi vakillari tumandagi ijtimoiy soha obʼektlari holati bilan tanishish uchun “Komiljon ota” mahallasi, ushbu mahallada joylashgan oilaviy shifokorlik punkti, “Yangi Oʻzbekiston” mahallasida joylashgan 32-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi, “Arbek” mahallasida joylashgan 17-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi bilan yaqindan tanishdi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli choralar koʻrildi.

Shovot tumanida yoshlar va xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni bandligini taʼminlash, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar oʻtkazildi. Tadbir doirasida yoshlar va xotin-qizlar uchun mehnat yarmarkasi, sport musobaqalari, bepul tibbiy koʻrik tashkil qilindi.

Respublika ishchi guruhining Xorazm viloyatidagi faoliyati davom etmoqda.

 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+