Toshkent viloyatida 3,6 magnitudali zilzila sodir boʻldi
Zilzila epitsentri Toshkentdan 96 km. shimoliy-sharqda joylashgan.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markaziga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 05.03.2024 11:52 da zilzila sodir boʻldi.
Epitsentr: Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani. Zilzila koordinatalari: 41,73 gradus shimoliy kenglik; 70,19 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=3,6. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 96 km shimoliy-sharqda.
Oʻzbekiston hududida sezilish kuchi:
Boʻstonliq tumanida 2 ball, 28 km.
4 mart kuni Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumanida ham zilzila kuzatilgandi.