Oʻzbekistonda Ramazon 11 martdan boshlanadi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya va Ozarbayjon kabi turkiy davlatlar Fatvo hayʼatlarining onlayn majlisi boʻlib oʻtdi. 

Jamiyat
5-mart, 9:24
Oʻzbekistonda Ramazon 11 martdan boshlanadi

Ramazon oyi joriy yilning 11 mart sanasidan boshlanadi.  Bu haqda Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi xabar bermoqda

Oʻtgan haftada Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya va Ozarbayjon kabi turkiy davlatlar Fatvo hayʼatlarining onlayn majlisi boʻlib oʻtdi. 

Yigʻilishda ulamolar va soha mutaxassislari tomonidan Ramazon oyi hilolini kuzatish boʻyicha qilinayotgan ishlar, falakiy hisob-kitoblar, astronomik maʼlumotlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, dunyodagi yirik fatvo idoralari va nufuzli astronomiya institutlari axborotlari batafsil koʻrib chiqildi.

 Turkiy davlatlar ulamolari fiqhiy qoidalarga tayangan holda falakiy hisob-kitob va astronomik kuzatuvlarni eʼtiborga olib, hijriy 1445 yil Ramazon oyining birinchi kuni milodiy 2024 yil 11 mart, dushanba kuniga toʻgʻri kelishi haqida yakdil fikrga keldilar.

 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+