Buxoro viloyati hokimi koʻzda tutilmagan xarajatlar uchun pul ajratdi
Qoraqalpogʻistonga xizmat safari uchun 27 mln. soʻm, sport tadbirlari uchun 177 mln. soʻm ajratiladi.

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov byudjetda koʻzda tutilmagan xarajatlarni oʻz vaqtida qoplash uchun 1,1 mlrd. soʻm ajratdi.
Ushbu pullarning 519 millioni viloyat zaxira jamgʻarmasi hisobidan, 603 millioni esa viloyat byudjetining yil boshida shakllangan erkin mablagʻlari hisobidan ajratiladi.
Farmoyishga ilova qilingan jadvalda xarajatlar taqsimoti keltirilgan.
Jumladan, rasmiy mehmonlarni kutib olish xarajatlari uchun 113,7 million soʻm va yana 60,2 million soʻm ajratiladi.
Viloyat hokimligining saqlash (internet, yoqilgʻi va boshqa) xarajatlari uchun 201 va 543 million soʻm beriladi.
Qoraqalpogʻistonga xizmat safari uchun 27 mln. soʻm, sport tadbirlari uchun 177 mln. soʻm ajratiladi.