Buxoro tumaniga yangi hokim tayinlandi
Avvalgi hokim Xalimjon Safarov sogʻligʻidagi muammolar sabab lavozimdan ozod etishlarini soʻragan.
Xalq deputatlari Buxoro tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tumanga yangi hokim tayinlandi.
Ayni vaqtga qadar Romitan tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻalllikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan Ochilov Anvarjon Zubaydilloyevich Buxoro tumani hokimi etib tayinlandi.
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovga koʻra, avvalgi hokim Halimjon Safarov sogʻligʻidagi muammolar sabab lavozimda ozod etishni soʻrab murojaat qilgan.
Halimjon Safarov 1973 yil 2 mayda Buxoro shahrida tugʻilgan. 1995 yilda Buxoro davlat universiteti, 2008 yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti, 2023 yilda Kazan federal universiteti (magistratura)ni tugatgan.