Bankomatda karta bloklanib qolsa nima qilish kerak?
Avvalo bank kartasi kimning nomiga ochilgan boʻlsa shu odam bankomatda koʻrsatilgan kontaktlarga murojaat qilishi zarur.
Doimgidek bankomatdan foydalanyapsiz, kartangizni kiritdingiz va nomaʼlum sababga koʻra kartangiz qaytib chiqmadi, karta bloklandi. Agar siz har bir bankomatda koʻrsatilgan logotiplarga mos ravishda kiritgan boʻsangiz, yaʼni bankomat oʻzi xizmat qilayotgan kartaning logotipini ekranda yoki pastki tarafda tushirgan boʻladi. Agar bunda ham hammasini toʻgʻri kiritgan boʻlsangiz, demak bu yerda parol notoʻgʻri kiritilgan. Xoʻsh, endi nima qilish kerak?
Eng avvalo bank kartasi kimning nomiga ochilgan boʻlsa shu odam bankomatda koʻrsatilgan kontaktlarga murojaat qilishi kerak boʻladi. Bu yerda bankomat joylashgan manzil katta ahamiyatga ega. Undan tashqari bankomat sizga taqdim qilgan har qanday chekni oʻzingiz bilan olishni unutmang. Shundan soʻng shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan aytilgan bankka borishingiz va keyingi safar parolni toʻgʻri kiritishingiz kerak boʻladi.
Valyuta ayirboshlash paytida xatolik yuz berib bankomat pulni olib qaytarib chiqarmasa nima qilish kerak?
Aytaylik 100$ miqdorida valyuta ayirboshlashingiz kerak, bankomatga keldingiz va pulni kiritdingiz. Nimadir sabab boʻlib xatolik haqida chek chiqdi va pulingiz qaytarilmadi, tranzaksiya bajarilmadi. Pulda kartaniki singari shaxsni tasdiqlashga oid hech narsa yoʻq, buni oʻylab vahimaga tushishingiz tabiiy. Ammo shu payt aniq sana va vaqtni belgilab qoʻyib, bankomatda keltirilgan kontaktlarga murojaat qilasiz, bankomat qarashli boʻlgan filialga borib ariza qoldirasiz. Arizangiz 3 ish kunida koʻrib chiqilib pulingiz qaytariladi. Unutmang, eng yomon vaziyatlarda ham har bir bankomat tepasida kameralar boʻladi.