Andijon shahri sobiq hokimi qamoqxonada vafot etdi

Bu haqda Platina.uz manbasi xabar bermoqda. 

Jamiyat
5-mart, 9:28
Andijon shahri sobiq hokimi qamoqxonada vafot etdi

Andijon shahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarov vafot etdi. Bu haqda Platina.uz manbasi xabar bermoqda. 

Manbaga koʻra,  sobiq hokim bugun,  5 mart kuni jazoni ijro etish muassasasida vafot etgan.  U buyrak va yurak xastaligini boshdan kechirib, davolanayotgan boʻlgan.

Bahrom Haydarov 2022 yilda Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismining “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qoʻshish yoʻli bilan 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda, 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+