Zulfiya mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi
Sovrindorlarga Xalqaro xotin-qizlar kuni tantanalarida diplom va koʻkrak nishonlari, pul mukofoti topshiriladi.

Oʻzbekiston prezidentining "Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida"gi qarori eʼlon qilindi.
Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va koʻkrak nishonlari topshiriladi va ularga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.
Gʻoliblar roʻyxati:
Xudaybergenova Gulshinar Jangabayevna - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi 1-bolalar musiqa va sanʼat maktabining baxshichilik sinfi oʻqituvchisi
Kokanova Nursuliu Jenisbay qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining chet tillari fakulteti filologiya yoʻnalishi 4-bosqich talabasi
Suleymanova Oʻgʻilxon Abdurazok qizi - Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazining Andijon viloyati boʻlimi artist-maqomchisi
Jonibekova Xusniyobonu Ergashvoy qizi - Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani «Gara guri» mahalla fuqarolar yigʻinidagi yoshlar yetakchisi
Pulatova Mohichexra Temirovna - Buxoro davlat universitetining qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranti
Toʻxtamishova Gulnora Mels qizi - Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 2-kasb-hunar maktabining informatika fani oʻqituvchisi
Chilmurzayeva Maftuna Abdumannon qizi - Oʻzbekiston Milliy universitetining qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha mustaqil tadqiqotchisi (Jizzax viloyati)
Xojiboqiyeva Niginaxon Oʻtkir qizi - Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali psixologiya fakulteti iqtisodiyot yoʻnalishi 3-bosqich talabasi
Hakimova Shahzoda Bahriddin qizi - Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 1-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)
Mirzayorova Sevara Ubaydullayevna - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining sanoat issiqlik energetikasi ixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranti
Eshpoʻlatova Mohira Oʻtkirjon qizi -Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 34-umumiy oʻrta taʼlim maktabining oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi (Navoiy viloyati)
Omonboyeva Meruyert Erkin qizi - Navoiy viloyati Nurota tumanidagi «Qosimqaji-Meruyert» masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori
Xakimova Dilshoda Oybek qizi - Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)
Ahmadjonova Muhayyojon Akramjon qizi - Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 6-bosqich talabasi (Namangan viloyati)
Savadyan Vilana Arsenovna - Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 51-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi, badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
Yunusova Nargiza Tuychimurod qizi - Samarqand viloyati Tayloq tumani «Qoʻshchinor» gazetasi muxbiri
Akramova Sarvinoz Abduvohid qizi - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)
Irisqulova Kamola Normat qizi - Toshkent davlat transport universitetining avtomobil yoʻllarini loyihalash va qurish mutaxassisligi boʻyicha 1-bosqich magistranti (Sirdaryo viloyati)
Ergashova Sadoqat Eshmamat qizi - Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining oʻzbek adabiyoti ixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranti (Surxondaryo viloyati)
Suyunova Shamsiqamar Iskandarovna - Roʻzi Choriyev nomidagi Surxondaryo viloyati ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatining 11-sinf oʻquvchisi
Tursunboyeva Fotima Botir qizi - Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri opera ijrochisi (Toshkent viloyati)
Xaqnazarova Umida Ural qizi - Toshkent davlat agrar universitetining ipakchilik mutaxassisligi boʻyicha 2-bosqich magistranti
Abdusattorova Ziyodaxon Dilshodjon qizi - Fargʻona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining kamondan otish boʻyicha sportchisi
Yoʻldasheva Muxayyoxon Alisher qizi - Fargʻona politexnika institutining qurilish fakulteti 4-bosqich talabasi
Shomurotova Zulfiya Akmaljon qizi - Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi
Sapayeva Risolat Rustam qizi - Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali xoreografiya fakulteti 2-bosqich talabasi
Tosheva Marjana Rustam qizi - Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutining vokal va cholgʻu ijrochiligi pedagoglarini tayyorlash kafedrasi oʻqituvchisi
Trashkova Yelizaveta Dmitriyevna - Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya sanʼati fakulteti 1-bosqich talabasi