Moskvadagi terakt qurbonlari va jabrlanganlar soni ortdi

Rossiyalik rasmiylar 30 mart holati boʻyicha maʼlumot berdi. 

Jahon
30-mart, 15:28
Moskvadagi terakt qurbonlari va jabrlanganlar soni ortdi

22 mart kuni Rossiyada sodir boʻlgan teraktning oqibatida qurbon boʻlgan va jabrlanganlarning umumiy soni maʼlum boʻldi. 

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining maʼlum qilishicha, Moskva yaqinidagi "Krokus Siti Xoll"ga uyushtirilgan hujum qurbonlari soni 144 nafarga yetdi, yana 551 kishi jarohat olgan. 

" 2024 yil 30 mart soat 06:00 (Moskva vaqti) holatiga koʻra, terrorchilik harakati natijasida 695 kishi (shundan 15 nafari bolalar) tan jarohati oldi,  144 nafari esa (shundan 5 nafari bola) halok boʻldi», — deyiladi vazirlik saytida.

Bir kun avval, 29 mart kuni 143 kishi vafot etgan va 382 kishi jarohat olgani xabar berilgandi.

Eslatib oʻtamiz,  22 mart kuni yuz bergan terakt oqibatida toʻqqiz nafar tojikistonlik qoʻlga olindi. 

Mazkur hodisa sabab Turkiya,  Yevropa va boshqa mintaqalarda,  jumladan Oʻzbekistonda ham jamoat joylarida xavfsizlik choralari kuchaytirildi

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+