Uchta tuman hokimi oʻrinbosarlari ishdan olindi, olti viloyat hokimi oʻrinbosariga "hayfsan" berildi

Barcha ekologiya boshqarmalari boshliqlariga esa sinov muddati tayinlandi. 

Jamiyat
29-mart, 10:10
Uchta tuman hokimi oʻrinbosarlari ishdan olindi,  olti viloyat hokimi oʻrinbosariga "hayfsan" berildi

Uchta tumanda hokim oʻrinbosarlari ishdan olindi,  oltita viloyat rahbari oʻrinbosarlariga esa "hayfsan"  berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi.

Davlat rahbari viloyat va tuman hokimlarining qurilish, kommunal va ekologiyaga javobgar oʻrinbosarlari, vazirlik va idoralar tizimidagi masʼul rahbarlarning bu boradagi faoliyati koʻrib chiqilgani, ulardan 30 nafariga nisbatan intizomiy jazo koʻrilganini qayd etdi.

Jumladan, Kasbi, Qarshi, Toʻraqoʻrgʻon tumanlari hokim oʻrinbosarlari ishdan olindi, ushbu tumanlar hokimlarining, 6 ta viloyat hokimining oʻrinbosarlari va boshqa rahbarlarga “hayfsan” berildi. Barcha ekologiya boshqarmalari boshliqlariga sinov muddati tayinlandi.

Bu yil bahorda “Yashil makon” loyihasi doirasida 125 million tup koʻchat ekish belgilangan.

Lekin, aksariyat viloyat va tumanlarda daraxt ekadigan joylar haligacha belgilanmagani, sugʻorish va koʻchatga pul ajratilmagani tanqid qilindi.

Masalan, bogʻ uchun Qoraqalpogʻistonda 47 gektar, Namanganda 25 gektar va Qashqadaryoda 26 gektar ajratilib, ishlar boshlab yuborilgan. Lekin Andijon, Buxoro, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari haligacha qaror qabul qilmagan.

Ayniqsa, Taxiatosh, Mirzachoʻl, Zafarobod, Sharof Rashidov, Sirdaryo, Oqoltin, Xovos, Sardoba, Guliston, Xonobod, Guliston, Termiz, Yangiyoʻl shaharlari, Toshkent shahrining 12 ta tumanida koʻchat ekish rejasi 30 foizga ham bajarilmagan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+