Chiqindi poligonlari va obodonlashtirish boʻyicha yangi tizim joriy etiladi

Har bir viloyatda 3-4 tadan chiqindi poligoni maxsus eko-sanoat zonasiga aylantiriladi hamda ularda qayta ishlash va yoqish loyihalari yoʻlga qoʻyiladi. 

Jamiyat
29-mart, 12:40
Chiqindi poligonlari va obodonlashtirish boʻyicha yangi tizim joriy etiladi

Hududlarda obodonlashtirish, tozalikni taʼminlash boʻyicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi belgilandi. Bu haqda Prezidentning davom etayotgan videoselektorida maʼlum qilindi. 

Har bir viloyatdagi 2 tadan, jami 26 ta tumanda tajriba tarzida obodonlashtirish boshqarmalari vazifalari xususiy sheriklik asosida chiqindi korxonalariga oʻtkaziladi.

Bunda, tadbirkorlar oʻziga biriktirilgan hududda daraxt va gullar ekish, ularni parvarishlash, ariqlarni tozalash, koʻchalarni yoritish bilan birga chiqindilarni olib ketish bilan ham shugʻullanadi. Bir soʻz bilan aytganda, tadbirkorlar tumandagi umumiy obodonlashtirish bilan shugʻullanadi va shunga yarasha haq oladi.

Yil yakunigacha yangi tajribani sinovdan oʻtkazib, 2025 yildan barcha tuman va shaharlarda yoʻlga qoʻyish zarurligi qayd etildi.

Chiqindi poligonlarini tartibga keltirish va chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha ham yangi tizim tashkil etilishi belgilandi.

Mavjud 194 ta poligondan resursini oʻtab boʻlganlari yopiladi. Har bir viloyatda 3-4 tadan chiqindi poligoni maxsus eko-sanoat zonasiga aylantiriladi hamda ularda qayta ishlash va yoqish loyihalari amalga oshiriladi.

Qolgan poligonlarda chiqindini vaqtincha toʻplab, qayta yuklaydigan stansiyalar ishga tushadi. Ular eko-sanoat zonasini kafolatlangan chiqindi massasi bilan taʼminlashga xizmat qiladi. Mutasaddilarga investor topib, oʻz hududida kamida bittadan chiqindini yoqish zavodi qurish loyihasini boshlash topshirildi.

Tadbirkorlar investitsiya majburiyatini toʻliq bajarishi uchun chiqindi uchun toʻlov intizomi masalasini uzil-kesil hal qilishi lozim boʻladi. Chiqindi xizmati bilan barcha korxona va tashkilotlarni qamrab olish muhimligi taʼkidlandi. 

Avvalroq barcha ekologiya boshqarmalari boshliqlariga sinov mudddati berilgandi

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+