Surxondaryodagi YTHda haydovchi va ikki farzandi halok boʻldi

Ayol mashinani haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan holda boshqargan. Yana ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan. 

Jamiyat
28-mart, 14:43
Surxondaryodagi YTHda haydovchi va ikki farzandi halok boʻldi

Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi ayanchli YTHda ayol haydovchi va uning ikki farzandi halok boʻldi. Surxondaryo Yoʻl-patrul xizmati xabar berdi. 

Joriy yilning 27 mart kuni soat 15:40larda Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani "Nilu" mahallasi hududidan oʻtuvchi avtomobil yoʻlining 21-kilometrida 1983 yilda tugʻilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan fuqaro (ayol kishi) "Nexia-3" rusumli avtomobilda "Sangardak-Denov" yoʻnalishida harakatlanayotib, tezlikni meʼyoridan oshirishi oqibatida tik nishablikda boshqaruvni yoʻqotgan va yoʻldan chiqib ketib transport vositasi beton toʻsiqqa urilgan.

Yoʻl-transport hodisasi ortidan avtomobilda yongʻin yuzaga kelgan.

Mazkur YTH hamda yongʻin natijasida avtomobil haydovchisi va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, avtomobilda boʻlgan haydovchining yana bir nafar farzandi hamda yaqin qarindoshi (avtomobil egasi) ogʻir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Fevral oyida Surxondaryoda poyezd mashinani bosib ketishi oqibatida besh kishi halok boʻlgandi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+