OʻFA bir qator futbolchilarni diskvalifikatsiya qildi

“Surxon” — “Andijon” uchrashuvidan soʻng futbolchi Ye. Krimets raqib oʻyinchisini boʻynidan boʻgʻgan, “Bunyodkor” futbolchisi U.Ismonaliyev esa raqibiga kutilmaganda zarba bergan. "Neftchi"ga esa muxlislarsiz oʻyin oʻtkazish xavf solmoqda. 

Sport
28-mart, 13:20
OʻFA bir qator futbolchilarni diskvalifikatsiya qildi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi. Unda raqibini boʻgʻgʻan, unga oyogʻi bilan zarba bergan futbolchilar jazolandi. Shuningdek, “Neftchi” jamoasiga uy uchrashuvlarini muxlislarsiz oʻtkazish jazosi xavf solmoqda. 

2024 yilgi Superliga musobaqasida ishtirok etayotgan “Andijon”, “Neftchi” va “Nasaf” futbol klublari Superliganing 1-2-turlari hisobotini, “Dinamo plyus” futbol klubi 1-2-3-turlar hisobotini, “Surxon” futbol klubi esa 2-tur hisobotini OʻFAga taqdim etmagan. Reglament talablarini bajarmagani uchun mazkur futbol klublariga nisbatan jarima intizom chorasini qoʻllash belgilandi.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Andijon”, “Neftchi”, “Nasaf”, “Dinamo plyus” va “Surxon” futbol klublariga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — OKMK uchrashuvining 67-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi M. Skrbich bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Milan Skrbichga (OKMK) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Metallurg” — “Soʻgʻdiyona” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Soʻgʻdiyona” futbol klubi bosh murabbiyi I.Boshkovich bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Ivan Boshkovichga (Soʻgʻdiyona) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Olimpik” — “Lokomotiv” uchrashuvining 60-daqiqasida “Olimpik” futbol klubi futbolchisi X. Abdunabiyev bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Xamidullo Abdunabiyevga (Olimpik) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Superliga chempionatining 1-turi doirasidagi “Nasaf” — “Olimpik” uchrashuvining 84-daqiqasida “Nasaf” futbol klubi futbolchisi A. Davronov oʻyin vaqtini atayin choʻzib sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Alibek Davronovga (Nasaf) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

2-tur doirasidagi “Andijon” — “Bunyodkor” uchrashuvining 34-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi U.Ismonaliyev uchrashuv toʻxtatilgan vaqtda raqib oʻyinchisining yelka qismiga oyogʻi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Usmonali Ismonaliyevga (Bunyodkor) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi “Andijon” — “Bunyodkor” uchrashuvining 34-daqiqasida “Andijon” futbol klubi futbolchisi F. Bekmuratov uchrashuv toʻxtatilgan vaqtda “Bunyodkor” futbol klubi fubolchisi raqib oʻyinchisining yelka qismiga oyogʻi bilan zarba bergandan soʻng, bu jarayonda u oʻz jamoadoshi, “Andijon” futbol klubi futbolchisini yiqilmaganini koʻrib, uni yiqilishga chorlab, tepib, futbolchiga xos boʻlmagan xatti-harakat qilgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Farhod Bekmuratovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

64-daqiqada “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi T. Abduxoliqov bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Timurxoʻja Abduxoliqovga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Uchrashuvning 71-daqiqasida “Andijon” futbol klubi futbolchisi A. Gulyamov oʻyin vaqtini atayin choʻzib sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Abdulvoxid Gulyamovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

3-tur doirasidagi “Surxon” — “Andijon” uchrashuvining 55-daqiqasida “Andijon” futbol klubi futbolchisi F. Sohibjonov simulyatsiya harakati uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Farhodjon Sohibjonovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 “Surxon” — “Andijon” uchrashuvi yakunlangandan soʻng “Surxon” futbol klubi futbolchisi Ye. Krimets raqib oʻyinchisini boʻyin qismidan boʻgʻganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Yegor Krimetsga (Surxon) nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

3-tur doirasidagi “Neftchi” — “Metallurg” uchrashuvi bosh hakamidan bildirgi kelib tushgan. Unga koʻra, uchrashuvning 86-daqiqasida “Metallurg” futbol klubi futbolchisi D. Ergashev bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Davronjon Ergashovga (Metallurg) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Neftchi” — “Metallurg” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi D. Turopov bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Diyor Turopovga (Neftchi) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 “Neftchi” — “Metallurg” uchrashuvining 87-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi muxlislari tomonidan mehmon jamoaning texnik zonasi tomon turli buyumlar uloqtirilgani, uloqtirilgan buyumlar murabbiylardan biriga teggani, uchrashuvning 89-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi gol urgan vaziyatdan soʻng “Neftchi” futbol klubi muxlislari tomonidan takroran turli buyumlar uloqtirilgani va ulardan biri zaxira hakamini boshiga teggani bilan bogʻliq holatlar qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Neftchi” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi. Mazkur holat takrorlangan taqdirda “Neftchi” futbol klubining uy uchrashuvlari muxlislarsiz oʻtishi toʻgʻrisida ogohlantiriladi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 86-daqiqasida “Navbahor lochinlari” futbol klubi bosh murabbiyi S. Babayan belgilangan talablarga rioya qilmasdan, bosh hakam qaroriga nisbatan eʼtiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Samvel Babayanga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Navbahor lochinlari” futbol klubi futbolchisi Oʻ. Yusupov oʻyin vaqtini atayin choʻzib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Oʻtkir Yusupovga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Soʻgʻdiyona” — “Olimpik” uchrashuvining 75-daqiqasida “Soʻgʻdiyona” futbol klubi futbolchisi L. Doriyev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Lyupche Doriyevga (Soʻgʻdiyona) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

 90+3-daqiqada “Olimpik” futbol klubi futbolchisi T.Mamasidiqov simulyatsiya uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Timur Mamasidiqovga (Olimpik) nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+