Surxondaryoda arxeologik yodgorlikka 23,3 mlrd. soʻmlik zarar yetkazganlar aniqlandi

Ular yodgorlik oʻrnida molxona qurishni maqsad qilgan. Mazkur qilmish uchun 7 yilgacha qamoq jazosi belgilanishi mumkin. 

Jamiyat
27-mart, 14:35
Surxondaryoda arxeologik yodgorlikka 23,3 mlrd. soʻmlik zarar yetkazganlar aniqlandi

Prokuratura va Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikdagi nazorat tadbirlarida Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi V – VII asrlarga oid Kattatepa arxeologik yodgorligi 876 m3 maydoni fuqaro Z.H. va boshqalar tomonidan molxona qurish uchun buzib yuborilgani aniqlandi. Yodgorlikka 23,3 mlrd. soʻmlik zarar yetkazilgan

Shuningdek, Navoiy viloyatidagi Oqtepa-1 arxeologiya yodgorligining 193 m3 tuprogʻi 3 nafar fuqarolar tomonidan oʻzboshimchalik bilan kovlab olinib, yodgorlikka 2,6 mlrd. soʻmlik, Badaxshontepa arxeologiya yodgorligining 164 m3 hududi ekin maydoniga aylantirilganligi natijasida 2,3 mlrd. soʻmlik, Yomonqiyottepa yodgorligining 12 m3 maydoni kovlab olingani natijasida 163 mln. soʻmlik zarar yetkazilgan. 

Shu kabi, Namangan viloyati Uychi tumanida oʻrta asrlarga oid Tolmozortepa arxeologiya yodgorligining 0,48 gektar qismi fuqaro A.K. tomonidan texnika yordamida tekislanib, yodgorlikka 871 mln. soʻmlik zarar yetkazilgan. 

Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka asosan ogʻir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nisbatan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllanilishi belgilangan, deyiladi xabarda.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+