Migratsiya agentligi Rossiyada boʻlib turgan va borayotgan fuqarolarni ogohlantirdi

Ushbu ogohlantirish 22 mart kuni Moskva viloyatidagi teraktdan soʻng kuchaytirilgan xavfsizlik qoidalari bilan bogʻliq. 

Jamiyat
27-mart, 11:09
Migratsiya agentligi Rossiyada boʻlib turgan va borayotgan fuqarolarni ogohlantirdi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaga bormoqchi boʻlgan va ushbu davlatda boʻlib turgan oʻzbekistonliklarga murojaat qildi.

Aytilishicha,  Moskva viloyatida 22 mart kuni yuz bergan terakt sababli butun mamlakat boʻylab xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda.

"Shu munosabat bilan, Rossiyaga boryotgan, ushbu mamlakat hududida boʻlib turgan yoki mamlakatdan chiqib ketyotgan yurtdoshlarimizdan ushbu xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanishni soʻraymiz.

Xususan, shaxsni taqdiqlovchi va mamlakatda boʻlish yoki ishlash huquqini buruvchi hujjatlarni oʻzlari bilan birga olib yurish, jamoat joylarga sababsiz bormaslik, notanish yoki shubhali insonlar bilan muloqotga kirishmaslik, telefon va boshqa qurilmalarda taqiqlangan foto, audio va video materiallarni saqlamaslik, safar rejalashtirilgan boʻlsa, vokzal yoki aeroportga belgilangan vaqtdan oldinroq borish kabilar tavsiya qilinadi.

Yurtdoshlarimiz biror muammoga duch kelganda yoki oʻzlarini qiziqtirgan boshqa savollar bilan mamlakatimizning konsullik idoralari yoki Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasiga murojaat qilishi mumkin" deyiladi murojaatda.

Eslatib oʻtamiz,  Crocus City Hall konsert zalidagi hodisa sabab 140 dan oshiq kishi halok boʻldi.  Ushbu teraktda gumonlanib sakkiz kishi hibsga olindi. Hujum uchun javobgarlikni IShID oʻz zimmasiga oldi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+