Toshkentda 12 yoshli qizga tegajoqlik qilgan pensioner 8 yilga qamaldi

Tayinlangan jazo umumiy tartibli koloniyada oʻtalishi belgilandi. 

Jamiyat
26-mart, 9:45
Toshkentda 12 yoshli qizga tegajoqlik qilgan pensioner 8 yilga qamaldi

Toshkentda pensioner shaxs 12 yoshli qizga nisbatan jinsiy tegajoqlikda aybdor deb topilib,  sakkiz yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi

Bugun jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudida A. S. (1957 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, maʼlumoti – oliy, nafaqaxoʻr, muqaddam sudlanmagan) ga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida koʻrib chiqildi.

Eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq A. S. Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada oʻtash belgilandi.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi maʼlum qilinadi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+