BMT Xavfsizlik kengashi Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha rezolyutsiyani qabul qildi

Isroil bosh vaziri AQSh hujjatga veto qoʻymaganidan norozi boʻldi va Vashingtonga delegatsiya safarini bekor qildi. 

Jahon
26-mart, 10:23
BMT Xavfsizlik kengashi Gʻazoda  oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha rezolyutsiyani qabul qildi

BMT Xavfsizlik kengashi Gʻazo sektorida zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi.

Bu 2023 yil oktabr oyida Gʻazoda urush boshlangandan buyon BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan maʼqullangan birinchi shunday chaqiriqdir.

Ilgari AQSh Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalariga qarshi chiqqan boʻlsa, bu safar Vashington vakili ovoz berishda betaraf qoldi.

Avvalroq Vashington taklif etgan rezolyutsiyaga Xitoy va Rossiya qarshi chiqqan edi. U oʻt ochishni toʻxtatishni koʻzda tutmasdi. 

Oʻz navbatida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Vashington BMT Xavfsizlik kengashida Ramazon oyida Gʻazo sektorida zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishni talab qiluvchi rezolyutsiyaga veto qoʻymagani uchun Isroil delegatsiyasini AQShga yubormaslikka qaror qildi. Bu haqda Reuters Isroil hukumati rahbari idorasiga asoslanib xabar berdi. 

24 mart kuni kechqurun Netanyaxu, agar AQSh Gʻazo sektorida garovga olingan isroilliklarni ozod qilish boʻyicha oʻz pozitsiyasidan voz kechsa, u Isroildan delegatsiya yubormasligini ochiq aytdi.

"Qoʻshma Shtatlar bugun garovga olinganlarni ozod qilmasdan oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyaga veto qoʻymadi", - deyiladi xabarda.

Netanyaxuning aytishicha, Vashington rezolyutsiyaga veto qoʻymagani oʻzining avvalgi fikridan "chetga chiqish" boʻlib va HAMASga qarshi harbiy harakatlarga va 130 dan ortiq garovga olinganlarni ozod qilish harakatlariga zarar yetkazmoqda.

Oq uy matbuot kotibi Jon Kirbi BMT Xavfsizlik kengashida ovoz berishda betaraf qolish qaroriga qaramay, AQSh siyosati oʻzgarmaganini taʼkidladi. Uning aytishicha, AQShning  Netanyaxu qaroridan soʻng hafsalasi pir boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, Isroil hukumati Gʻazo janubidagi Rafah shahrida operatsiya oʻtkazishga tayyorlanmoqda. Agar bu amalga oshsa, qurbonlar soni yanada oshishi, gumanitar halokat sodir boʻlishi mumkin. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+