Shavkat Mirziyoyev bugun Namanganga boradi

Prezident turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni koʻzdan kechiradi, shuningdek iftorlik dasturxoni ham rejalashtirilgan. 

Siyosat
25-mart, 10:18
Shavkat Mirziyoyev bugun Namanganga boradi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Davlat rahbari iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni koʻzdan kechiradi va yirik energetika obʼektlari qurilishini boshlab beradi, mahallalar hayoti bilan tanishadi. Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kelgusi vazifalari belgilab beriladi, deyiladi xabarda.

Shuningdek, iftorlik dasturxoni yozilishi rejalashtirilgan.    

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi sanoat va ijtimoiy soha obʼektlariga tashrif buyurib, mahalladagi obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishgan, darax ekish ishlarida qatnashgandi. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+