Fransiyada terror tahdidining eng yuqori darajasi joriy etildi

Bu Moskvadagi terakt bilan bogʻliqligi aytildi. Bundan tashqari Germaniya ichki ishlar vazirligi ham ogohlantirish bilan chiqdi. 

Jahon
25-mart, 11:16
Fransiyada terror tahdidining eng yuqori darajasi joriy etildi

Fransiyada terror tahdidining eng yuqori darajasi joriy etildi. Bunga Moskvadagi terakt sabab boʻlgan. 

Moskvadagi teraktdan soʻng Fransiya terrorchilik hujumlari xavfining eng yuqori darajasini eʼlon qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri maʼlum qildi, deb yozadi DW.

Fransiya bosh vaziri Gabriel Attal ijtimoiy tarmoqlarda yozganidek, 23 mart kuni mamlakat rahbari Emmanuel Makron Yelisey saroyida mamlakat Mudofaa va Milliy xavfsizlik kengashini chaqirgan. Attal kengash chaqirilishiga sabab sifatida 22 mart kuni Moskva yaqinidagi Krasnogorskdagi Crocus City Hall konsert zalida sodir etilgan teraktni koʻrsatdi.

"IShID hujum uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olgani va mamlakatimizga qilinayotgan tahdidlarni inobatga olib, biz Vijipirat ( terror tahdidi boʻyicha ogohlik)ni eng yuqori darajaga koʻtarishga qaror qildik - bu hujumga oʻta shaylikni anglatadi", - dedi Attal.

Shuningdek, Germaniya ichki ishlar vazirligi ham terror xavfidan ogohlantirish bilan chiqdi, deya yozadi Süddeutschen Zeitung gazetasi. Ular IShIDning "Xuroson" boʻlinmasi faollashganini aytmoqda. 

Eslatib oʻtamiz, 22 mart kuni Rossiya poytaxti Moskva yaqinida terrorchilik akti sodir etildi. Qurbonlar soni 180 kishini tashkil etdi, sud 4 nafar gumonlanuvchini qamoqqa olish boʻyicha hukm chiqardi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+