Oʻn besh yashar oʻsmir Moskvadagi teraktda yuzdan oshiq insonni qutqardi

Uning ota-onasi qirgʻizistonlik boʻlib,  oʻzi Rossiyada ulgʻaygan. 

Jahon
24-mart, 17:06
Oʻn besh yashar oʻsmir Moskvadagi teraktda yuzdan oshiq insonni qutqardi

Islom ismli 15 yoshli oʻsmir Crocus City Hall'dagi terakt vaqtida yuzdan ortiq odamni qutqarib qoldi. U hodisa vaqtida odamlarni evakuatsiya qilishni oʻz zimmasiga oldi.

Oʻsmir konsert zalida garderobchi boʻlib ishlagan. Islom xavfsizlik koʻrsatmalaridan yaxshi xabardor boʻlgan. Otishma boshlanganda, Islom notoʻgʻri yoʻnalishda qochayotgan odamlar oqimiga toʻsqinlik qildi va yoʻl nazoratchisi vazifasini oʻz zimmasiga oldi, yugurayotganlarni chiqish tomon yoʻnaltirdi.

"Yigit oʻnlab odamlarni evakuatsiya qilishni tashkil qilgan va ularga xavfsiz chiqish yoʻli orqali binodan chiqib ketishga yordam bergan", deb yozadi OAV.

 Qoʻrquv sabab berk koʻchaga qochayotgan insonlarni qutqargan oʻsmirning oʻzini tutishi olqishlarga sabab boʻlmoqda. 

Eslatib oʻtamiz,  22 mart kuni tunda Moskvada yirik terakt yuz berdi.  Hozirda qurbonlar soni 150 kishidan oshgan. Teraktda ayblanib 11 kishi ushlangan

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+