Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga taʼziya bildirdi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi esa Moskvadagi teraktni qoralab, bayonot berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Moskva viloyatidagi "Krokus Siti Xoll" konsert zalida sodir boʻlgan fojia oqibatida oʻnlab begunoh insonlar qurbon boʻlgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Prezident Vladimir Putinga taʼziya yoʻlladi.
Maktubda Oʻzbekiston tinch aholiga qarshi qaratilgan bu terrorchilik harakatini qatʼiy qoralashi bildirilgan.
Davlat rahbari vafot etganlarning yaqinlariga bardamlik, barcha jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi, deyiladi rasmiy xabarda.
Shuningdek, Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi Moskvadagi teraktni qoralab bayonot berdi.
Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasiga koʻra, hozircha halok boʻlgan va jabrlanganlar orasida oʻzbekistonliklar yoʻq.