Moskvadagi terakt sabab 11 kishi qoʻlga olindi
Terakt oqibatida qurbon boʻlganlar soni esa 93 nafarga yetdi.

Moskvadagi Crocus City Hall markazida sodir boʻlgan terakt ortidan 11 kishi qoʻlga olindi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Rossiya federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov prezident Vladimir Putinga 11 kishi, jumladan, teraktda ishtirok etishda gumonlanayotgan 4 nafar shaxs hibsga olingani haqida maʼlum qildi, deya xabar bermoqda Kreml matbuot xizmati.
"Terror hujumi boʻyicha ishda sheriklar bazasini aniqlash boʻyicha keyingi ishlar davom etmoqda", — deya qoʻshimcha qildi Kreml.
Shuningdek, Tojikiston tashqi ishlar vazirligi hujumni mamlakat fuqarolari sodir etgani haqidagi gaplarni asossiz deb atadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya tergov qoʻmitasi 60 kishi oʻlgani haqida maʼlumot bergan. Soʻngra bu raqamlar 93 nafargacha ortdi. Jabrlangan soni esa 126 tani tashkil etmoqda.
Moskva meri Sergey Sobyaninga koʻra, teraktdan jabrlanganlarga 500 mingdan 3 million rublgacha kompensatsiya beriladi.
Hujum uchun javobgarlikni IShID oʻz zimmasiga oldi.