Oʻzbekiston Gongkongni qiyinchiliksiz magʻlubiyatga uchratdi
JCh-2026 saralash bosqichi doirasida navbatdagi oʻyin oʻtkazildi.
Sport
21-mart 2024 yil

JCh-2026 saralash bosqichidan oʻrin olgan Gonkong - Oʻzbekiston uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekistonning katta ustunligida oʻtgan uchrashuvda vakillarimiz 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Gol: Eldor Shomurodov (Aziz Turgʻunboyev) 49, 0:1, Rustam Ashurmatov (Jaloliddin Masharipov) 65, 0:2
Ushbu gʻalabadan soʻng, Oʻzbekiston guruhda yetti ochko toʻpladi. Guruhning yana bir oʻyini Eron va Turkmaniston oʻrtasida boʻlib oʻtadi.