Barcha davlat banklari rahbariyati yoppasiga jazolandi

Bu haqda Platina.uz saytiga bir-biridan mustaqil bir necha manba tasdiqladi.

Jamiyat
21-mart, 10:54
Barcha davlat banklari rahbariyati yoppasiga jazolandi

Barcha davlat banklari raislari, ularning oʻrinbosarlari va ushbu banklar filiallari boshqaruvchilari oʻz vazifasidan ozod etilgan.

Bu haqda Platina.uz saytiga bir-biridan mustaqil bir necha manba tasdiqladi. Prezident topshirigʻiga koʻra, ular vazifalarini vaqtincha bajaruvchi etib qayta tayinlangan.

Biroq hech qaysi davlat banklari saytlari va rasmiy sahifalarida bu oʻzgarish boʻyicha maʼlumot kiritilmagan.

Hozircha Markaziy bank ushbu holatga izoh bergani yoʻq va yoppasiga haydalish sababini ochiqlamayapti.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+