Nurafshonda bozorlarda undiriladigan yigʻim va ijara toʻlovlari oshirildi

Shahar hokimi qarori bilan bozor va savdo komplekslaridagi bir martalik yigʻim, ijara va xizmatlar uchun toʻlov, umumiy foydalaniladigan obʼektlarni saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan yangi toʻlovlar tasdiqlandi. 

Jamiyat
20-mart, 17:00
Nurafshonda bozorlarda undiriladigan yigʻim va ijara toʻlovlari oshirildi

Nurafshon shahar hokimi qarori bilan 2024 yilda bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undiriladigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatilgan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlari joriy etildi. 

2024 yil 19 mart kuni eʼlon qilingan qaror bilan bozor va savdo komplekslaridagi bir martalik yigʻim, invertarlarni ijaraga berish va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov, umumiy foydalaniladigan obʼektlarni saqlash boʻyicha koʻrsatiladigan yangi toʻlovlar tasdiqlandi. 

Jumladan, hoʻl mevalar (olma, anor, nok, shaftoli va hkz) sotishda bir oʻrin bir kun uchun 16 ming soʻm, sitrus mevalar uchun bir oʻrin 23 ming soʻm miqdorida belgilandi. 

Sabzavotlar (kartoshka, piyoz, sabzi va boshqalar) sotishda bitta oʻrin 13 ming soʻm, poliz ekinlari (6 kv.metrgacha) uchun toʻlov 24 ming soʻm, dukkakli ekinlar uchun 17 ming soʻm. sut mahsulotlari uchun 12 ming soʻm (qaymoq, smetana 15 ming soʻm) etib belgilangan. 

Maxsus ajratilgan hududlarda ogʻir va katta hamjdagi qurilish materiallarini sotish 6 kv.m.gacha kuniga 30 ming soʻm, 6-15 kv.m.gacha 36 ming soʻm, 30-50 kv.metrgacha 90 ming boʻldi. 

Invertarlarni ijaraga berish va xizmatlari uchun: tosh-tarozilar uchun kunlik toʻlov 4 ming soʻm; katta tarozilar uchun 7 mingdan 15 ming soʻmgacha; katta aravachalar 22 ming soʻm, kichik aravachalar uchun toʻlov 16 ming soʻm etib belgilandi. Bozor balansidagi hojatxonadan foydalanish 2 ming soʻm, telefondan foydalanish 500 soʻm, radiouzel orqali eʼlon berish 1400 soʻm etib belgilandi.

Bino  va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi quyidagicha: 1 metr kv. uchun kunlik toʻlov oziq-ovqat yoki nooziq-ovqat sohasi uchun 50 ming soʻm, maishiy xizmat koʻrsatish turlari uchun 45 ming soʻmni tashkil etadi.

Ushbu qaror eʼlon qilingan kundan kuchga kirishi belgilangan. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+