Buxorodagi gʻisht zavodida ishchi vafot etdi

Hodisa yuzasidan bandlik boshqarmasi tashabbusi bilan komissiya tuzildi. 

Jamiyat
20-mart, 10:10
Buxorodagi gʻisht zavodida ishchi vafot etdi

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi shlakablok gʻisht ishlab chiqaradigan zavodda ishchi baxtsiz hodisa qurboni boʻldi. Bu haqda Buxoro viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi buyrugʻida maʼlum qilingan.

Unda maʼlum qilinishicha, 1976 yilda tugʻilgan Gʻ.Q. "Howo" tirkamasidagi sementni tushirayotgan vaqtida tirkama borti tushib ketishi oqibatida ogʻir jarohat olgan va vafot etgan. 

Hodisa yuzasidan bandlik boshqarmasi tashabbusi bilan komissiya tuzilgan, u baxtsiz hodisani tekshirib, tegishli tartibda rasmiy idoralarga taqdim etishi belgilangan. 

Oldinroq Toshkent viloyatida ham ikki nafar ishchi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgandi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+