Nurafshon shahri hokimi byudjetdan katta pul ajratdi
Ushbu mablagʻ turli tadbirlar, jamgʻarmalar, radarlar xarid qilish va obodonlashtirish ishlari, gazetalar obunasiga yoʻnaltiriladi.
Nurafshon shahar hokimining mablagʻ ajratish boʻyicha farmoyishi eʼlon qilindi. Ushbu mablagʻ turli tadbirlar, jamgʻarmalar, radarlar xarid qilish va obodonlashtirish ishlariga yoʻnaltiriladi.
Ajratiladigan jami 11 mlrd. 279 mln. soʻm mablagʻ mahalliy byudjetning erkin qoldiq mablagʻlaridan ajratiladi.
Farmoyishga ilova qilingan jadvalga koʻra, pullar quyidagicha taqsimlanadi:
- "Yoshlar daftari" jamgʻarmasiga 1,3 mlrd. soʻm;
- "Ayollar jamgʻarmasi"ga 700 mln. soʻm;
- shahar hokimligiga xizmat avtomobil uchun 300 mln. soʻm;
- hokimlik xodimlarini ragʻbatlantirish uchun 400 mln. soʻm;
- kuzatuv kamerasi oʻrnatish uchun 305 mln. soʻm;
- viloyatning toʻrtta gazetasi obunasi uchun 100 mln. soʻm;
- Obodonlashtirish boshqarmasiga 1 mlrd. 522 mln. soʻm;
- shaharlarda oʻtkaziladigan bayram va tadbirlar uchun ovozkuchaytirgichlar xaridi uchun 400 mln. soʻm va boshqa xarajatlarga ajratiladi.
Avvalroq Sirdaryoda byudjetdan 22 mlrd. soʻmdan oshiq pul ajratilgandi.