Mikrokreditbank 2023 yilni sarhisob qildi

Joriy davrda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida hisobot davrida 1,7 trln.soʻm kreditlar ajratilib, 91 903 ta yangi ish oʻrinlari yaratilgan.

Iqtisod
19-mart, 19:22
Mikrokreditbank 2023 yilni sarhisob qildi

Bugun Milliy matbuot markazida Mikrokreditbank aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalarga bagʻishlangan navbatdagi Matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Akmal Xamidov ishtirok etdi.

Unda aytilishicha, bankning 2025 yilgacha rivojlantirish strategiyasi boʻyicha ishlab chiqilgan "Yoʻl xaritasi"da belgilangan chora-tadbirlar ijrosining taʼminlanishi natijasida 2023 yilda quyidagi ijobiy koʻrsatkichlarga erishildi. 

Jumladan:

bank kapitali qariyb 4 trln. soʻmga; 
umumiy aktivlar 12 foizga oshib, 19 trln. soʻmga; 
kredit portfelini 1,5 trln.soʻmga oshishiga erishildi;
bankdagi umumiy depozitlar qoldigʻi 6,3 trln.soʻmga yetgan holda 2023 yilda 900,0 mlrd.soʻmlik qoʻshimcha mablagʻ jalb qilindi.

Hisobot davrida bank tomonidan, AQSh, Yevropa, Yaponiya, Saudiya Arabistoni xamda Jahon banki guruhiga kiruvchi moliya institutlari bilan tuzilgan 12 ta shartnomaga asosan 250,2 mln.dollar mablagʻlari jalb qilindi. 
Anjumanda bank boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Akmal Xamidov Platina.uz ning isteʼmolchilarga kredit berilishi natijasida yaratilgan ish oʻrinlari asosan qanday sohalarni qamrab olganligi haqidagi savoliga quyidagicha javob berdi.

"Jalb qilingan resurslar hisobidan barcha moliyalashtirish manbalari boʻyicha oʻtgan yilda 184 427 nafar mijozga 5,1 trln. soʻm kredit ajratilib, qariyb 99 169 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 2023 yilda 4,4 trln.soʻm qiymatdagi 859 ta loyihalar ishga tushirildi va natijada 11 897 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.Bankka biriktirilgan parrandachilik sohasini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun 152 mlrd. soʻm kreditlar ajratilib 279 ta parrandachilik korxonalari faoliyatining uzluksizligi taʼminlandi. 

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida hisobot davrida 1,7 trln.soʻm kreditlar ajratilib, 91 903 ta yangi ish oʻrinlari yaratilgan. Ajratilgan kreditlar hisobiga:

20 211  nafar yoshlar;
21 200  nafar xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish;
37 430  nafar fuqarolarning oʻzini-oʻzi band qilish;
9 164  nafar ijtimoiy daftarlardagi aholining bandligini taʼminlandi;

Umumiy hisobda bankning moliyaviy koʻmagi hisobiga 2023 yilda 10 942 ta yangi tadbirkorlik subʼektlari paydo boʻldi".

Shuningdek, bankda kreditlar ajratish bilan birga, avval ajratilgan kreditlarning qaytarilishiga ham alohida eʼtibor qaratilganligi aytildi. Xususan, kredit shartnomalariga asosan 2023 yilda qaytarilishi lozim boʻlgan 4,4 trln. soʻm kredit toʻlovlari undirildi, shundan 1,6 trln. soʻmi oilaviy tadbirkorlik yoʻnalishida ajratilgan kreditlar hissasiga toʻgʻri keladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi  PQ-5088 sonli qarori ijrosini taʼminlash yoshlarning tadbirkorlik faoliyatlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2021-2023 yillarda 75 nafar yosh tadbirkorlarning loyihalariga 37,2 mlrd. soʻm va 3,5 mln. AQSh dollar bank kreditlari ajratilib, 730 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Bank transformatsiya jarayonlarini natijasida 2023 yilda xizmat nuqtalari soni 574 taga, xizmat turlari soni 102 taga, bankomatlar soni 829 taga yetkazilib, elektron navbat tizimiga qamrovi  98 foizga oshirilishi natijasida bank tomonidan yil davomida 2 mln.dan ortiq mijozlarga xizmat koʻrsatildi.

Shuningdek:

jismoniy shaxslarga masofaviy xizmatlar koʻrsatish hajmi keskin oshirildi;
kreditlash tizimi avtomatlashtirilib, kredit ajratish jarayonida inson omili ishtiroki kamaytirildi, avtomatlashtirilgan kreditlar turi hamda soni ortdi;
bankda nazorat bloki, moliyaviy boshqaruv hamda risklarni boshqarish tizimi takomillashtirildi, «Green banking» yoʻnalishi joriy qilindi, KPI ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyildi, aloqa markazida konsalting xizmatlari joriy qilindi;.
jismoniy shaxslar uchun "Mavrid" yangi mobil ilovasi, mijozbay ishlash uchun CRM, skoring, kredit konveyeri tizimlari joriy qilindi, hududiy boʻlinmalar Yagona MFOga oʻtkazildi.

Bankda amalga oshirilgan raqamlashtirish xamda transformatsiya chora-tadbirlarida inson omilisiz bank koʻrsatiladigan bank xizmatlaridan onlayn foydalanuvchi jismoniy shaxslar ulushi 56 foizga, tadbirkorlar ulushi 77 foizga oshdi hamda onlayn tranzaksiyalar hajmi 1,1 trln. soʻmga yetdi.

Qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.01.2024 yildagi "2024 yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish dasturi toʻgʻrisida"gi PQ-7-sonli Qaroriga asosan "Mikrokreditbank" ATB tizimida oʻz oʻzini band qilgan va oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan rasmiy daromadga ega boʻlmagan jismoniy shaxslarga "Biznesga birinchi qadam" mikroqarz mahsuloti joriy qilingan. Bugungacha, 724 ta jismoniy shaxslarga 4,7 mlrd. soʻm "Biznesga birinchi qadam" mikroqarz mahsuloti hamda 420 ta jismoniy shaxslarga 60,9 mlrd. soʻm avtoreditlar ajratilgan.

Tadbir soʻngida Mikrokreditbank kelgusida ham aholiga va tadbirkorlik subʼektlariga zamonaviy, sifatli bank xizmatlarini doimiy ravishda koʻrsatilishini taʼminlashi aytildi.

Odinaxon Dehqonova tayyorladi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+