HAMAS harbiy qanotining muhim yetakchisi Marvan Issa oʻldirildi

Harbiy guruhning oʻzi bu maʼlumot yuzasidan izoh bermadi. 

Jahon
19-mart, 9:19
HAMAS harbiy qanotining muhim yetakchisi Marvan Issa oʻldirildi

Oq uyning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning maʼlum qilishicha,  oʻtgan hafta Isroil harbiylari HAMAS guruhining jangari qanoti yetakchilaridan biri Marvan Issani oʻldirdi.

Isroil avvalroq Issa Gʻazo sektoridagi zarba nishoni boʻlganini daʼvo qilgan, biroq uning oʻlimini tasdiqlamagandi.

"HAMAS rahbarligidagi uchinchi odam Marvan Issa oʻtgan hafta Isroil amaliyotida oʻldirilgan. Qolgan yetakchi rahbarlar, ehtimol, tunnellar tarmogʻida yashiringan", — dedi Sallivan brifing chogʻida.

Harbiy guruh rasmiylari Issaning oʻlimi haqidagi xabarlarga izoh bermadi.

11 mart kuni Isroil harbiylari Gʻazo markazidagi Nusayrat qochqinlar lageri yaqinidagi yer osti majmuasiga havo hujumi uyushtirgani, Issa nishonga olinganini maʼlum qildi va uni 7 oktabr kuni Xamasning Isroilga hujumi tashkilotchilaridan biri deb atadi.

Issa HAMASning harbiylashtirilgan qanoti" Al-Qassam" brigadalarini boshqaradigan Muhammad Deifning oʻrinbosari edi.

Isroil qurolli kuchlari matbuot kotibi Daniyel Hagarining aytishicha, Issa operatsiyada oʻldirilganmi yoki yoʻqmi, hozircha aniq emas: "Biz zarba oqibatlarini oʻrganyapmiz va yakuniy tasdiq hali olinmagan".

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+