Shavkat Mirziyoyev Putinni tabrikladi

17 mart kuni Rossiyada prezident saylovi yakuniga yetdi va Vladimir Putin 87 foizdan oshiq ovoz toʻpladi. 

Siyosat
18-mart, 10:36
Shavkat Mirziyoyev Putinni tabrikladi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni prezident saylovida qozongan gʻalabasi bilan tabrikladi.

"Davlatimiz rahbari maktubida saylovchilarning yuqori faolligi va ovoz berish natijalari aholi Vladimir Putinning siyosati va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturiga ishonch bildirayotgani va ularni qatʼiy qoʻllab-quvvatlayotganining navbatdagi yorqin namoyishi boʻlgani taʼkidlanadi.

Mamlakatimiz yetakchisi Rossiya Prezidentiga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi" deyiladi tabriknoma matnida.

Eslatib oʻtamiz, 17 mart kuni Rossiyada prezident saylovi yakuniga yetdi va kutilganidek amaldagi prezident Vladimir Putin yana bir bor saylandi. Rossiya Markaziy saylov komissiyasi 99,45 foiz ovozlarni hisoblaganda Putin 87,32 saylovlarchilar ovozini olgani aytilmoqda. 

Bu Putinning jami saylovlardagi rekordi sanaladi. U 2018 yilda 76 foizdan ortiq ovoz toʻplagandi. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+