platina.uz
Jahon

Pokistonning Afgʻonistonga zarbasi oqibatida sakkiz kishi halok boʻldi

"Tolibon" hujumni qatʼiy qoralab,  suverenitetni buzish deya baholadi. 

Pokistonning Afgʻonistonga zarbasi oqibatida sakkiz kishi halok boʻldi

"Tolibon" harakati Pokiston Afgʻoniston hududiga ikkita havo hujumi uyushtirgani haqida xabar berdi. Natijada sakkiz kishi halok boʻlgan, ular ayollar va bolalardir.

Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

"Tolibon" vakili Zabihulloh Mujohid: “Soat 3:00 atrofida Pokiston samolyotlari Pokiston bilan chegaraga yaqin Xost va Paktika viloyatlarida tinch aholi uylarini bombardimon qildi" deya bayonot bergan.

Mamlakat hukumati matbuot kotibi zarbalarni "qatʼiy" qoralab, buni mamlakat suverenitetini buzish deb atadi. Pokiston armiyasi va tashqi ishlar vazirligi Reuters agentligining izoh soʻrab qilgan murojaatiga javob bermadi.

Zarbalar 17 mart kuni Pokistonga uyushtirilgan hujumda yetti nafar pokistonlik harbiy halok boʻlganidan keyin berilgan.

Hujum Afgʻonistondan amalga oshirilgan. Pokiston prezidenti Osif Ali Zardoriy hujum uchun qasos olishga vaʼda bergandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid