Buxoroda yuk avtomobili va avtobus toʻqnashdi, bir kishi qurbon boʻldi
Avtobusning 25 nafar yoʻlovchisiga tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Buxoroda avtobus hamda yuk avtomobili ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi, oqibatda bir kishi vafot etgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bugun, 2024 yil 18 mart kuni soat 10:30lar atrofida Buxoro viloyati, Kogon tumanidagi chorrahada 1991 yilda tugʻilgan haydovchi O.Sh. boshqaruvida boʻlgan avtobus hamda 1984 yilda tugʻilgan haydovchi M.M. boshqaruvida boʻlgan yuk avtomobili ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
YTH natijasida bir nafar avtobus yoʻlovchisi ogʻir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, bir nafar yoʻlovchi tan jarohati olgan boʻlib, 25 nafar yoʻlovchilarga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Tafsilotlar yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi, deyiladi Yoʻl harakati xavfsizligi xabarida.