Kutilganidek Putin saylovda gʻalaba qozondi
Markaziy saylov komissiyasi dastlabki natijalarni eʼlon qildi.

Rossiyada prezident saylovi yakuniga yetdi va kutilganidek amaldagi prezident Vladimir Putin yana bir bor saylandi.
Markaziy saylov komissiyasi dastlabki natijalarni eʼlon qildi:
- Vladimir Putin — 87,97 foiz ovoz;
- Nikolay Xaritonov (KPRF) — 3,8 foiz;
- Vladislav Davankov (Novыe lyudi) — 3,73 foiz;
- Leonid Slutskiy (LDPR) — 2,96 foiz.