Hindistondagi mehmonxonada oʻzbekistonlik ayolning murdasi topildi
Politsiya uni boʻgʻib oʻldirilgan deya gumon qilmoqda, tergov davom etyapti.
Oʻzbekistonlik ayol Hindistonning Bengaluru shahridagi mehmonxona nomeridan oʻlik holda topildi. India Today hodisaning ayrim tafsilotlarini ochiqladi.
Politsiya uni boʻgʻib oʻldirilgan deb gumon qilib, sirli oʻlim holatini qayd etgan. Zarin ismli oʻzbekistonlik ayol 5 mart kuni Bengaluruga yetib kelgan va mehmonxona xonasida yolgʻiz istiqomat qilgan.
37 yoshli oʻzbekistonlik ayolning oʻlimi yuzasidan Hindiston politsiyasi tergov olib bormoqda.
5 mart kuni shaharga kelgan ayolning murdasi esa 13 mart kuni topilgan.
Marhuma shaharning Seshadripuram hududidagi mehmonxonada istiqomat qilgan. Politsiyaning aytishicha, mehmonxona xodimlari soat 16:30 da eshikni taqillatgan, ammo javob boʻlmagan. Keyin xodimlar asosiy kalit yordamida eshikni ochishdi va Zarinni oʻlik holda topishgan.
Yanvar oyida hind rejissyoriga turmushga chiqqan oʻzbek ayoli mamlakatdan chiqib ketayotganda ushlangandi.