Bunyod Oxunov yangi lavozimga tayinlandi

U yaqinda qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari lavozimidan ketgan edi.

Jamiyat
15-mart, 22:04
Bunyod Oxunov yangi lavozimga tayinlandi

Bunyod Oxunov Qishloq xoʻjaligi vazirining moliya-iqtisod masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Platina.uz manbasi xabar bermoqda. 

Bunyod Oxunov 2023 yil oktabrda qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari boʻlib ish boshlagandi, ammo 2024 yil fevralda lavozimidan ketgan edi.

U Qishloq xoʻjaligi vazirligiga kelgunga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi moliya-iqtisodiyot va investitsiyalar departamenti boshligʻi lavozimida ishlagan. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+