Chirchiq shahri hokimi lavozimidan ketdi
Zoyir Mirzayev uning kelgusi faoliyatiga omad tiladi.
Jamiyat
13-mart 2024 yil
Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov boshqa ishga oʻtgani sababli lavozimidan ozod etildi.
Toshkent viloyati hokimligi xabariga koʻra, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev uning kelgusi faoliyatiga omad tilab, hokimlik faxriy yorligʻini topshirgan.
Eslatib oʻtamiz, Davron Hidoyatov 2021 yil noyabrida, Toshkent viloyati hokimi lavozimini egallab turgan vaqtida Zulfiya Zokirova majmuasi uchun 28 milliard soʻmdan oshiq pul ajratishga qaror qilgandi. Ammo oʻsha oyda Hidoyatov ishdan olinib, uning oʻrniga Zoyir Mirzayev tayinlangan va majmuani qurish kechiktirilgani maʼlum qilingan.