Xorazmda 12 mingdan oshiq isteʼmolchi elektrsiz qoldi

Hududda kuchli yomgʻir yogʻishi va shamol kuzatilmoqda. 

Jamiyat
11-mart, 14:17
Xorazmda 12 mingdan oshiq isteʼmolchi elektrsiz qoldi

Xorazmda 12 mingdan oshiq isteʼmolchilar va sanoat korxonalari elektrdan uzilib qoldi. Energetika vazirligi holatni tasdiqladi. 

Aytilishicha,  soat 12:15 da Xorazm viloyatida yuz berayotgan kuchli yomgʻir oqibatida 6-10 kVli 41 ta elektr uzatish tarmogʻi 78 MVt quvvat bilan avariyaviy oʻchgan.

Buning natijasida Hazorasp, Bogʻot, Xonqa, Qoʻshkoʻpir va Yangiariq tumanlari isteʼmolchilari qisman (12 ming 500 ta) va kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda noqulay ob-havo (kuchli yomgʻir va shamol) sharoitiga qaramay, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozlik bartaraf etilmoqda, deyiladi xabarda.

Avvalroq Energetika vazirligi havo harorati koʻtarilishi fonida metan zapravkalari ochilishini aytgandi

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+