platina.uz
Jamiyat

Bektemir tumaniga hokim tayinlandi

U avval Chilonzor tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallik boʻyicha hokim yordamchisi boʻlib ishlagan. 

Bektemir tumaniga hokim tayinlandi

Nurilla Abduraxmanov Bektemir tuman hokimi etib tayinlandi. Bugun Toshkent shahar hokimligida Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada Bektemir tumaniga hokim tayinlash masalasi koʻrib chiqildi.

Sessiyada hozirgacha Chilonzor tumani “Gavxar” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi boʻlib ishlagan Nurilla Abduraxmanov Bektemir tumani hokimligiga tasdiqlandi.

Nurilla Abduraxmanov 1981 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, maʼlumoti oliy. Shu kunga qadar Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy tuman hokimliklarida qator masʼul vazifalarda faoliyat yuritib kelgan.

Eslatib oʻtamiz, Bektemirga 2024 yil fevral oyigacha Tapil Mahamadziyayev rahbarlik qilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid